O‘tkir Hoshimov: «Ilhom — ilohiy ne’mat»

11.jpgSuhbatdoshimiz o‘zining sermazmun asarlari bilan o‘quvchilar qalbidan mustahkam joy olgan, kitobxonlarni kuldirgan, yig‘latgan, chuqur o‘yga toldirgan, o‘nlab shogirdlarni tarbiyalagan ijodkor, O‘zbekiston Xalq yozuvchisi O‘tkir Hoshimov. Uning asarlari har bir o‘zbekning xonadoniga kirib borgan, asarlari kitobxonlar ko‘nglidan joy olgan. Yozuvchi bilan ijod, ijodkorning qalbi, bugungi adabiy muhit haqida suhbatlashdik.

Read the rest of this page »

Pirimqul Qodirov, O‘zbekiston xalq yozuvchisi: «Asarlarimni mehr bilan yozaman»

dsc_0060.JPG “Yoshlik yillarimizda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat kabi yozuvchilarning asarlarini o‘qishdan butunlay mahrum etilgan edik. Mabodo ba’zi ixlosmandlar “O‘tgan kunlar” yoki “Kecha va kunduz” romanlarini yashirincha o‘qiyotgan paytda qo‘lga tushsa, qatag‘onga uchrardi…” – deya eslaydi elimizning ardoqli adibi Pirimqul Qodirov. Xalqimizning taniqli yozuvchisi Pirimqul  Qodirovning salmoqli romanlari, bir-biridan shirali qissa va hikoyalari kitobxonlarning sevimli asarlariga aylanganligi shubhasiz.

Read the rest of this page »

Qalb ifodasi

Ma’naviy kamolotning qay darajada ekanligi jamiyat a’zolarining muloqot doirasining kengligi, rang-barangligi bilan o’lchanadi. Insonlarning o’zaro muloqot qilishi esa bu o’zaro axborot almashinuvini ta’minlaydi.

Agar insonning tani  ko’rkam bir qasr bo’lsa, bu qasrning go’zalligi insonning muloqatida namoyon bo’ladi. Inson muloqotida zebolik kasb etishi go’zal fazilat, lekin u boshqalarning ham shunday bo’lishiga yordam bersa, nur ustiga a’lo nur bo’lurdi. Javohirlar ichida gavhar serqirraligi va xilma xil nurlar sochib, zebolik namoyon etganidek, inson ham sermazmun muloqotlari bilan xulqi zebolik va jozibadorlik kasb etadi. 

 Shunday ekan, Azizlar sizlarni suhbati arjumandimizga taklif qilurmiz. Zero asosiy maqsadimiz ham shudir.

Nigora